Yuk qanday yo'l bosadi
Har bosqichda holat o'zgaradi va shu sahifada ko'rinadi. Botga ulangan bo'lsangiz, o'zgarish haqida xabar ham keladi.
- 01
Xitoy omborimizda
Taobao, 1688 yoki Pinduoduo sotuvchisi yuborgan yuk Guanchjoudagi omborimizda qabul qilinadi, tortiladi va sizning kodingizga biriktiriladi.
- 02
Yo'lda
Reysga yuklanadi. Avia kargo bilan odatda 7 kun, avto kargo bilan 25 kun.
- 03
Bojxonada
Toshkentga kelgach rasmiylashtiriladi. Oylik boj chegarasi $200 — kabinetda ko'rinadi.
- 04
Sizda
Toshkent omborimizga tushadi, filialdan olasiz yoki manzilingizga yetkazib beramiz.
Ko'p so'raladigan savollar
Boshqa savol bo‘lsa operatorga yozing — ish vaqti 09:00–23:00.
Trek raqamni qayerdan olaman?
Trek raqamni Xitoydagi sotuvchi beradi. Taobao, 1688 yoki Pinduoduo'da buyurtmani ochsangiz, jo'natma bo'limida uzun raqam turadi — o'shani nusxa oling. Odatda 10–20 belgi.
Raqamni kiritdim, lekin "topilmadi" deyapti
Ko'p hollarda yuk hali Xitoy omborimizga yetib bormagan. Sotuvchi jo'natgandan keyin odatda 2–5 kun o'tadi. Bir necha kundan keyin qayta tekshiring; shundan keyin ham topilmasa, raqamni operatorga yuboring.
"Bu yuk hech kimga biriktirilmagan" degani nima?
Yuk omborimizda bor, lekin qaysi mijozniki ekani belgilanmagan — sotuvchi DTD kodingizni yozmagan bo'lishi mumkin. Trek raqamni operatorga yuboring, tekshirib hisobingizga o'tkazamiz. Yuk yo'qolmaydi.
Xitoydan O‘zbekistonga yuk necha kunda keladi?
O'lchangan o'rtacha: avia kargo bilan 7 kun, avto kargo bilan 25 kun — Xitoy omborimizga qabul qilingan kundan hisoblanadi. Sahifadagi taxminiy sana shu modeldan chiqadi.
Qaysi platformalardan yuk qabul qilasiz?
Taobao, 1688, Pinduoduo, Alibaba, Tmall, AliExpress va boshqa har qanday Xitoy sotuvchisidan. Sotuvchi yukni Guanchjoudagi ombor manzilimizga yuboradi, siz esa shu sahifada trek raqam bo'yicha kuzatasiz.
Barcha yuklarimni bir joyda ko‘rsam bo‘ladimi?
Ha. Telegram botdagi kabinetda hamma yuklaringiz, qarzingiz, oylik boj chegarangiz va DUR keshbek ballaringiz turadi. Parol kerak emas — bot orqali kirasiz.